date

Bugun Oliy Liga 19-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Markaziy bahs — «Nasaf» - «Paxtakor»

Bugun Oliy Liga 19-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Markaziy bahs — «Nasaf» - «Paxtakor»

Kecha Oliy liga 19-tur doirasida uchta uchrashuv yakuniga etdi. Unda "Qizilqum" jamoasi o‘z maydonida "Obod"ni, "Lokomotiv" klubi esa "So‘g‘diyona"ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, gollarga boy o‘yinda "Olmaliq" safarda "Qizilqum"ga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionatdagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Bugun ushbu yana beshta uchrashuv o‘tkazilib, 19-turga yakun yasaladi.

Shubhasiz, turning markaziy bahsida Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida so‘nggi uch o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgan "Paxtakor"ni sinovdan o‘tkazadi.

Oliy Liga 19-tur
19 avgust (juma)

18:30 "Neftchi" (Farg‘ona) – "Andijon" (Andijon)
Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G‘. Karimov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

18:30 "Navbahor" (Namangan) – "Mash’al" (Muborak)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), O. To‘ychiboyev (Farg‘ona)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Frolov.

18:45 "Buxoro" (Buxoro) – "Qo‘qon-1912" (Qo‘qon)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.

19:00 "Bunyodkor" (Toshkent) – "Sho‘rtan" (G‘uzor)
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), R. Kopadze (Farg‘ona)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: G. Rtveladze.

20:00 "Nasaf" (Qarshi) – "Paxtakor" (Toshkent)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent viloyati), V. Lushin (Guliston), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: R. Chernikov.

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bugun Oliy Liga 19-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Markaziy bahs — «Nasaf» - «Paxtakor»