O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogini kutilganidan biroz erta tark etdi. O‘yin bobida qit’aning yetakchi jamoalari bilan tengma-teng o‘ynagan futbolchilarimiz yana penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat tufayli musobaqadan chiqib ketdi.
Qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘z mahoratini namoyish qilgan futbolchilar qatoriga Abbosbek Fayzullayevni qo‘shish mumkin. Jarohati tufayli O‘zbekistonga yordam bera olmagan Eldor Shomurodov o‘rniga yetakchilikni aynan SSKA vakili o‘z zimmasiga oldi.
20 yoshli hujumkor futbolchimiz terma jamoa o‘yinini kuchaytira oldi, ikkita gol urdi va bitta assist qayd etdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi Abbosbek Fayzullayevni musobaqaning eng kuchli iqtidor egalari qatorida e’tirof etdi.
Ayni paytda ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar orasida Abbosbek Fayzullayevning Yevropa kuchli ligalari o‘tish imkoniyati qiziqtirayotgani sir emas.
Taniqli portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Rossiyaning metaratings.ru saytiga bergan intervyusida o‘zbek legionerining Yevropada o‘ynash imkoniyatiga baho berdi.
– SSKA hozir Abbosbek Fayzullayev hammaning diqqat markazida turganida uni sotib yuborish haqida o‘ylasa bo‘ladimi?
– Hozir aniq biror narsa deyish qiyin. Hamma narsa Fayzullayevning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topa olishlariga bog‘liq.
Yana bir muhim masala — Abbosbek uchun qancha pul so‘rash kerak? Ayni damda aksariyat ligalarda transfer bozorlari yopildi. Yevropada deyarli hammasi yopiq.
Men Fayzullayev Yevropada o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman. Lekin hozirning o‘zida transfer variantlari ko‘p emas.
Hozirning o‘zida Xitoy va AQSH variantlari bor, lekin bu qanchalik foydali, bunisini bilmayman. O‘yinchi uchun eng muhimi, doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. Mana shu sharoitda o‘sish imkoni bo‘ladi.
Agar Fayzullayev yaxshi o‘ynashda davom etsa, transfer uchun hali imkoniyatlar yetarlicha bo‘ladi. Biroq bu borada masala boshqa narsada: boradigan joyida qay darajadagi raqobatni yengib o‘ta oladi? Eng avval, shu savolga javob topish kerak, - dedi Paulu Barboza.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan Fayzullayev shu turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Keyinchalik Argentinada yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Xalqaro maydondagi turnirlardagi o‘yini bilan xorij klublari nazariga tushdi. Transfer masalasida faollik ko‘rsatgan SSKA uni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fayzullayev legioner sifatida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)