O‘zbekiston milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi ishtiroki borasida turli fikr va mulohazalar mavjud. Ayniqsa chorak finalda Qatarga penaltilar seriyasida yutqazganimiz alamli bo‘ldi.
Ayrim o‘yinchilarimiz qatori “Nasaf”ning iqtidorli a’zosi Zafarmurod Abdirahmatov ham o‘sha kuni penaltidan gol ura olmadi. Shundan so‘ng tanqidlar ham kuzatildi. Sports.uz jurnalisti Abdirahmatov bilan suhbatlashdi.
- Zafarmurod, Osiyo Kubogidan keyingi taassurot va xissiyotlar qanday? Alamli uchrashuvdan so‘ng o‘zingizga kelib olish qiyin kechmadimi?
- Assalomu alaykum. Osiyo Kubogida Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun O‘zbekiston xalqidan uzr so‘raymiz. Qolaversa, urolmagan penaltim uchun ham alohida uzr so‘rayman. O‘zimizga kelish uchun asta-sekin harakatni boshlab yubordik. Hissiyotlar ham o‘ziga yarasha bo‘ldi, o‘tdi-ketdi. Yaqinlarimiz, ota-onamiz qo‘ldan kelganicha yordam berishyapti. Hali hayot oldinda degan gaplarni aytishyapti. Ha, barchasi oldinda. Yana bir bor xalqimizdan uzr so‘raymiz.
- Bu siz uchun Osiyo Kubogidagi debyut ishtirok bo‘ldi. Hayajonni yengib o‘ta oldingiz. Bunda sizga kim yordam berdi va umuman, qoniqdingizmi?
- Osiyo Kubogidagi debyutimga kelsak, yaxshi bo‘ldi. Hayajon ham o‘ziga yarasha kechdi. Lekin musobaqadagi ishtirokimiz biz xohlagandek bo‘lmadi. Shunisi odamga salgina xafagarchilik keltiradi. Bizga yordam bergan akalarimiz, klubimizdan birga borgan Sherzod aka Nasrullayev, Umar aka Eshmurodov, Abduvohid Ne’matov, Xusniddin Aliqulov kabilar menga katta yordam berishdi. Hayajonimni yengishda, o‘z o‘rnimni topishimda menga ko‘maklashishdi va dalda bo‘lishdi.
- Qatarga qarshi bahsda penaltilar seriyasida omad yuz o‘girdi. Penaltidan gol ura olmaganingizga qanday izoh berasiz?
- Biz penaltilar seriyasida yutqazdik. Bundan boshqa sabab yo‘q. Yaxshi tepa olmadik. Buning uchun xalqimizdan yana bir bor uzr so‘ragan bo‘lardim. Boshqa hech narsa deya olmaymiz. Xudoni aytgani bo‘ladi. Bu safar omadimiz kelmadi.
- "Sport" telekanali sharhlovchisi sizdan uzr so‘raganini yozib chiqdi. Chindan ham uzr so‘radimi?
- “Sport” telekanali sharhlovchisi menga bir kundan keyin telegramdan yozdi. Men ham musulmonman, musulmon bo‘lib ketishni xohlayman dedi. O‘yinda sharh paytida xissiyotlarga berilib sizni haqoratlab yubordim, buning uchun sizdan uzr so‘rayman, qiyomatda qolib ketishini xohlamayman dedi. Ha, bo‘pti mayli, sog‘ bo‘ling dedim, boshqa hech narsa demadim. Xudoga shukr, bu narsani ko‘nglimga olganim yo‘q.
- Endi bor e’tiboringiz “Nasaf”ga qaratiladi. Jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo‘yildi. Bunga klub tayyormi?
- Albatta, e’tiborimizni klubga qaratamiz. Oldimizda muhim bir o‘yin turibdi. Osiyo Chempionlar ligasida “Al-Ayn”ga qarshi maydonga tushamiz. Barcha e’tiborimiz shunga qaratilgan, tayyorgarlik olib boryapmiz.
- Terma jamoadan keyin darhol klubga qo‘shildingizmi yoki biroz dam olyapsizmi?
- Terma jamoadan qaytganimizdan keyin eshitgan bo‘lsangiz, Qatarda gripp tarqalgani uchunmi bilmadim-u, hammamizda gripp kuzatildi. Oxirgi kuni menda ham gripp bo‘ldi. Qaytganimdan so‘ng ozroq holatim yaxshi bo‘lmadi. Ikki kun temperatura kuzatildi, biroz shamollagandim. Klubga kelib holatimni tushuntirdim. Hozirda bazada davolanish muolajalarini olyapmiz. Xudo xohlasa, o‘yingacha chiqamiz.
- Oldinda OCHL doirasida jiddiy o‘yin kutyapti. Siz esa doimiy ravishda klub va terma jamoada bo‘lib muhim bahslarda qatnashdingiz, tanaffussiz. Sizda toliqish va jismonan holsizlik sezilmayaptimi?
- Xudo xohlasa, “Al-Ayn” bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Terma jamoaga bordik va klubga qaytdik. Xudoga shukrki, toliqish va charchashlar yo‘q. Bu futbolchida bo‘ladigan holat. Chunki terma jamoaga chaqirganida Vatan uchun o‘ynaysiz! Klubda har doim ishingiz uchun o‘ynaysiz. Bu futbolchining hayoti. Bizda hozircha toliqishlar yo‘q. Chunki biz hali yoshmiz. Vaqtimiz kelganida albatta o‘ynashimiz kerak.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”