18:08 / 08.02.2024
328

Amir G‘alinoi: "Eron xalqidan kechirim so‘rayman. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri"

Amir G‘alinoi: "Eron xalqidan kechirim so‘rayman. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri"
Osiyo kubogi yarim final o‘yinida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi Qatar bilan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi.

"Eron xalqidan ularni xursand qila olmaganim uchun kechirim so‘rayman. Bu uchrashuvda bor kuchlari bilan harakat qilgan o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo‘limda ajoyib o‘yin ko‘rsatgandik. Ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Ikkinchi bo‘limda sakkiz marta burchak zarbasini amalga oshirdik, ammo kerakli gollarni ura olmadik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan gap bor. Bugun shu jumla o‘z tasdig‘ini topdi. Yakunda Qatarga mag‘lub bo‘ldik. Texnik tomondan raqibdan ustun edik, ammo buni hisobda aks ettira olmadik. Mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni to‘liqligicha o‘z bo‘ynimga olaman.

Bugun hayotimdagi eng yomon kunlardan biri bo‘ldi. Hech kimni ayblamayman. Natija kerak bo‘lgani sababli juda ko‘p o‘zgarishlarni amalga oshirdim. Mehdi Taremi bugun yaxshi harakat qildi, shunchaki u o‘z vaziyatlarini golga aylantira olmadi. Bu futbolning bir qismi. Ha, turnir davomida yettita gol o‘tkazdik, ammo Yaponiya bilan o‘yinda bu muammolar ko‘zga tashlanmayotgandi. Bugun Qatarga yutqazib qo‘ydik va buni barchasi yuzaga chiqdi. Oxirgi daqiqalarda omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi.

Qandaydir tanqid yoki kamchilik bo‘yicha aynan men uzr so‘rashim kerak, futbolchilar emas. Terma jamoaning yulduz futbolchilariga barchasi uchun rahmat aytib qolaman. Yevropada o‘ynaydigan futbolchilarimiz professional tarzda mehnat qilishdi. Qatarning o‘yinini yaxshi analiz qilgandik. Birinchi bo‘limda barchasiga nuqta qo‘yishimiz va g‘alabani ta’minlashimiz mumkin edi. Biroq, final orzu bo‘lib qoladigan bo‘ldi.

Osiyo kubogi ortda qoldi. Endi jamoani kelgusi musobaqalarga tayyorlayman. Oldinda Jahon chempionati saralash bahslari bor. Eron terma jamoasida faoliyat olib borgan barcha xodimlar, futbolchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Amir G‘alinoi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir G‘alinoi: "Eron xalqidan kechirim so‘rayman. Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri"