"Paxtakor" klubi 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

"Paxtakor" klubi 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi
Paxtakor” 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"2024 yilgi mavsumga yoshargan tarkib bilan kirib kelayotgan jamoamizni aksar futbolchilar tark etdi. Biz ularga omad tilaymiz!", - deyiladi xabarda.

Azizbek Turg‘unboyev Turkiyaning "Sivasspor" klubiga, Odiljon Hamrobekov va Farrux Sayfiyev "Navbahor" klubiga, Hojimat Erkinov esa BAAning "Al-Vasl" klubiga o‘tishdi. Bundan tashqari Pshemislav Banashak hamda Metyu Stinvordenlar ham "sherlar"ni tark etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar