15:00 / 10.02.2024
150

Yosh atletimiz dast ko‘tarishda Ruslan Nurudinovni ortda qoldirdi

Yosh atletimiz dast ko‘tarishda Ruslan Nurudinovni ortda qoldirdi
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun eng og‘ir vazn toifasidagi polvonlarning bahsi bilan musobaqaga yakun yasaladi. Ayni paytda -109 va +109 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, terma jamoamizning yosh vakillaridan biri Sharofiddin Amriddinov (-109 kg) dast ko‘tarish mashqida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Ruslan Nurudinovni ortda qoldirib, ushbu dasturda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ruslan Nurudinov 175 kg bilan kumush medalga ega chiqdi. Amriddinov esa 176 kg toshni bo‘ysundirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yosh atletimiz dast ko‘tarishda Ruslan Nurudinovni ortda qoldirdi