"Stranja" turniri: Final. Iqboljon Xoldorov ishtirokidagi jang yakunlandi

"Stranja" turniri: Final. Iqboljon Xoldorov ishtirokidagi jang yakunlandi
"Stranja" turnirining final bahslari juda qiziqarli tarzda kechmoqda. Navbat -71 kg vazn toifasiga ham yetib keldi. Bu vazn toifasida Iqboljon Holdorov finalga qadar yo‘lni ajoyib tarzda bosib o‘tdi va u hal qiluvchi jangda jazoirlik Mohamed Maheloufga qarshi bahs yuritdi.

Albatta, ushbu qarama-qarshilik juda keskin tarzda kechdi. Jazoirlik bokschi jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq, yurtdoshimiz o‘zining aniq harakatlari bilan jang taqdirini hal qildi. Yakunda, hakamlar 5:0 hisobida Iqboljon Xoldorovning g‘alabasini qayd etishdi. Xoldorov "Stranja" turniri oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar