Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Stranja—2024 musobaqasida 11 fevral, yakshanba kuni final bahslari bo‘lib o‘tdi.
-71 kg vazn toifasida bahs olib borgan Iqboljon Xoldorov jazoirlik Mohamed Maheloufni 5:0 hisobida taslim etib, oltin medalga ega chiqdi.
-60 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov tojikistonlik Asror Vohidovni qiyinchiliksiz ortda qoldirib, oltin medalni naqd qildi.
-54 kg vaznda Xo‘janazar Nortojiyev mezbon davlat bokschisi Yasen Radevni mag‘lubiyatga uchratdi.
-75 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev bolgariyalik Villiam Cholovni ayab o‘tirmadi. 5:0 va oltin medal.
+92 kg vazn toifasi vakili Jahongir Zokirov mezbon davlat bokschisining jangdan bosh tortganligi sababli, to‘g‘ridan to‘g‘ri musobaqa g‘olibiga aylandi.
-50 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sabina Boboqulova hindistonlik Zaren Nihatni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Shahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhiddinovlar kumush medal sohibiga aylandi. 10 fevral kungi bahslarda Humorabonu Mamajonova, Asilbek Jalilov, Hasanboy Do‘stmatov, Dilshod Abdumurodov, Fazliddin Erkinboyev va Samandar Jalolovlar musobaqani bronza bilan yakunladi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalga ega chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi