date

Burkina-Faso hamda Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda navbatdagi yig‘inini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Suriyaga qarshi JCh-2018 3-bosqich 1-tur o‘yiniga tayyorgarlik jarayoni doirasida 24 avgust kuni Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan mazkur o‘yinga avvalroq xabar berilganidek jami 24 nafar futbolchini chaqirgan.

Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentga Suriya terma jamoasiga qarshi saralashning ilk tur o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi. Xorijda to‘p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shiladilar.

Ta’kilash joiz, Burkina-Fasoga qarshi o‘yinga chiqarilgan chiptalar 20 avgustdan boshlab sotuvga chiqarildi. Mazkur chiptalarni o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston hamda Burkina-Faso terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 20:00ga belgilangan.

 

Manba: fut.uz  

 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Burkina-Faso hamda Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlandi