Neymar: Men endi Braziliya terma jamoasi sardori emasman


“Barselona” hujumchisi Neymar Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritganidan keyin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men Braziliya terma jamoasi sardorligini topshirdim. Endi terma jamoa sardori emasman. Bosh murabbiy Tite mening o‘rnimga boshqa sardor topishi mumkin”, - deydi Neymar.
Avvalroq terma jamoa hujumchisi xulqi yomonligi sababli, terma jamoa sardorligidan mahrum qilinishi mumkinligi borasida xabarlar chiqqandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…