“Bavariya” katta o‘zgarishlar ostonasida, ammo 4 futbolchi qolishi aniq

“Bavariya” katta o‘zgarishlar ostonasida, ammo 4 futbolchi qolishi aniq
Foto: Sky Sports
Bavariya” faqat 4 kishi bilan xayrlashishga tayyor emas, qolganlarning esa o‘rni kafolatlanmagan. Sky Sport Deutschland xabariga ko‘ra, “Bavariya” jamoasi yozda jamoada katta o‘zgarishlar qiladi.

Ammo ushbu o‘zgarishlar to‘rt futbolchiga tegishli emas. Bu futbolchilar hujumchi Harri Keyn, yarim himoyachilar Tomas Myuller va Jamol Musiala hamda darvozabon Manuel Noyer hisoblanadi.

Qolgan o‘yinchilarning jismoniy holati, klub uchun ahamiyati tekshirilib qaror qilinadi.

Hozirda “Bavariya” jamoasi Tuxel boshchiligida so‘nggi 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Nemis klubi bilan bunday holat 9 yildan beri sodir bo‘lmayotgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar