Foto: Ed Mulholland/Matchroom.
25 fevral tongida AQSHning Florida shtati Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim o‘rta vazn (–66,6 kg) toifasida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Sezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Sezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar g‘olibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi.
Bu o‘zbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi, shundan to‘qqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Shu tariqa, G‘iyosov yarim o‘rta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.
Shahram G‘iyosov, Pablo Sezar Kanyo, professional boks “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi