18:48 / 27.02.2024
138

Vsevolod Shumkov Mirazizbek Mirzahalilov uchun qanday raqib? Bokschimizning javobi...

Vsevolod Shumkov Mirazizbek Mirzahalilov uchun qanday raqib? Bokschimizning javobi...
Ma’lumki, bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilov 16 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan IBA Champions Night oqshomida IBA chempionlik kamari uchun Meksika vakili, hali mag‘lubiyatga uchramagan Luis Rodrigesga qarshi jang qildi va ajoyib g‘alabaga erishgandi.

Endi, u finalda rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Biz ushbu jang haqida Mirazizbek Mirzahalilovni fikrlari bilan qiziqdik.

- Mirazizbek avvalo, tavallud ayyomingiz bilan va eliminator jangidagi g‘alabangiz bilan tabriklaymiz!
- Rahmat.

- Avvalgi jangingizdagi raqibingiz meksikalik bokschi sizni qaysi jihati bilan hayron qoldirdi?
- Odatda, meksikaliklarning jag‘i baquvvat bo‘ladi, tana qismiga esa zarbani ko‘tara olmaydi, deyishardi. Biroq, mening raqibimni funksional tayyorgarligi juda yaxshi ekan. Nafaqat bosh qismiga balki tanaga yo‘llangan zarbalarni ham ko‘tara oladigan darajada chidamli ekan. Shu tomoni bilan menda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Navbatdagi raqibingiz ham aniq bo‘ldi. Vsevolod Shumkov haqida qanday taassurotga egasiz?
- Yaxshi bilaman. Rossiyaning eng saviyali bokschilaridan biri hisoblanadi. Yaxshi natijalar qayd etgan. Yomon raqib emas.

- Yanglishmasam, faoliyatingizda u bilan to‘qnash kelmagansiz?
- Yo‘q. U bilan musobaqalarda to‘g‘ri kelmaganmiz. Lekin qo‘shma mashg‘ulotlar jarayonida sparringlarda ishlaganmiz.

- Demak, uni yaxshi bilasiz?
- Shunday desam ham bo‘ladi.

- U siz uchun qanday raqib?
- O‘ylaymanki, u qadar jiddiy raqib bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Sababi, uning kamchiliklari juda ko‘p. Nasib qilsa, chiroyli tarzda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Bu borada sizga omad tilaymiz!
- E’tibor uchun xursandman!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vsevolod Shumkov Mirazizbek Mirzahalilov uchun qanday raqib? Bokschimizning javobi...