"Nasaf" - "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng (2:0) mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin o‘tdi. Qorli sharoit ikkala jamoaga ham o‘z o‘yinini ko‘rsatishga halal berdi. Jamoamiz anchadan beri o‘yin o‘tkazmagani bilinib qoldi. "Nasaf" OCHLda ikkita o‘yin o‘tkazdi va ayni paytda formaga tushib olganligi ko‘rinib turibdi.
Biz so‘nggi o‘yinni Turkiyadagi yig‘inda o‘tkazgandik. Deyarli bir oy bo‘ldi. Kelganimizdan so‘ng ham qorli sharoit to‘sqinlik qildi. Qor yog‘gani sababli "Mash’al"ga qarshi o‘yinimiz 50 daqiqa bo‘lgandi. Shu sababli tayyorgarlik jarayonida ozgina qiyinchiliklar bo‘ldi.
Bugungi ob-havo ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi deb o‘ylayman. Lekin umuman olganda, yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Maydondagi yigitlar bugun harakat qilishdi", - dedi Kapadze o‘yin haqida.
- Hisobdan qoniqdingizmi?
- Albatta qoniqmadim. Mag‘lubiyatdan hech kim qoniqmaydi. Barcha g‘alaba uchun maydonga tushadi. Lekin vaziyatga real qarashimiz kerak. Gol bo‘lgan vaziyatni yana qarab chiqamiz. Qanday xato qilganimizni ko‘rib, xulosa qilamiz.
- Bugun "Olimpik"da jarohat sabab ikki markaziy himoyachi o‘ynamadi. Ularning yo‘qligi bugungi mag‘lubiyatga ta’sir qildi deb hisoblaysizmi?
- Yo‘qotishlar... Nafaqat ikki himoyachi, balki hujumchimiz ham uchrashuvda ishtirok etmadi. Yo‘qotishlar bor, lekin ularning o‘rniga maydonga tushgan yigitlar ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, ular uchun ham imkoniyat bo‘ldi. Ular bo‘lganida (markaziy himoyachilar) albatta yaxshiroq bo‘lardi.
- O‘yin sur’ati yuqori bo‘lmasada, Akbar Abdirasulov qizil kartochka oldi. Buni nima bilan izohlagan bo‘lardingiz? Unda tartib bilan bog‘liq muammo bormi?
- Bu bo‘lib turadigan narsa. U pozitsiyani to‘g‘riroq egallaganida bunday holatgacha olib kelmasdi. Lekin, har ikki vaziyatda ham - birida qarshi hujum, ikkinchisida birga-bir vaziyatda sariq kartochka oldi. Bunday holatlarni albatta ko‘rib chiqamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)