Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi

Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi
Krishtianu Ronaldu - eng boy futbolchi

Goal.com nashri tomonidan eng boy futbolchilar reytingi ma’lum qilindi. Bu reytingga ko‘ra futbolchilarning nafaqat maoshi, balki boshqa daromadlari ham hisoblab chiqilgan.

Unga ko‘ra Madridning "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu eng boy futbolchi deb tan olindi.

Ikkinchi o‘rinda "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi joylashgan. Uchinchi o‘rin esa "Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarga nasib qildi.

Eng boy futbolchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Krishtianu Ronaldu ("Real")
– 210 million yevro

2. Lionel Messi ("Barselona") – 200 million yevro.

3. Neymar ("Barselona") – 135 million yevro.

4. Zlatan Ibrohimovich ("PSJ")
– 105 million yevro.

5. Ueyn Runi ("Manchester Yunayted") – 103 million yevro.

6. Kaka ("Orlando") – 96 million yevro.

7. Samyuel Eto'O ("Sampdoriya") – 87 million yevro.

8. Raul ("Nyu-York") – 85 million yevro.

9. Ronaldino ("Keretaro") – 83 million yevro.

10. Frenk Lempard ("Manchester Siti") – 80 million yevro.

11. Bastian Shvaynshtayger ("Bavariya") – 75 million yevro.

12. Rio Ferdinand ("KPR") – 72 million yevro.

13. Janluijji Buffon ("Yuventus") – 68 million yevro.

14. Stiven Jerrard ("Liverpul") – 64 million yevro.

15. Yaya Ture ("Manchester Siti") – 62 million yevro.

16. Frank Riberi ("Bavariya") – 61 million yevro.

17. Franchesko Totti ("Roma") – 60 million yevro.

18. Jerar Pike ("Barselona") – 58 million yevro.

19. Serxio Aguero ("Manchester Siti")
– 58 million yevro.

20. Jon Terri ("Chelsi") – 56 million yevro.

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar