87
Boshkovich: "Yomon o‘ynadik deb ayta olmayman, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda davom ettirish kerak"
"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi "Neftchi" (1:2)ga qarshi uydagi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ko‘rganingizdek qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Albatta, yutqazish yoqimsiz holat va biz ko‘prog‘ini kutgandik. Raqibning kim bo‘lishi farqi yo‘q, o‘yinchilarimda yaxshiroq o‘ynash uchun kuch borligiga ishonchim komil.
Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanishda esa oqsadik. Futbol gollar uchun o‘ynaladi. 2ta gol o‘tkazib yubordik, ularni tahlil qilamiz. "Neftchi" vaziyatlar yaratdi va tartibli harakat qildi, bizga esa omad kulib boqmadi.
Kech gol kiritdik va raqibga yana bosim o‘tkazish uchun vaqt yetmay qoldi. Umuman olganda, jamoa o‘yini yomon bo‘ldi deb ayta olmayman. Individual tomonlama biroz zaifroq o‘ynadik.
Keyingi o‘yin besh kundan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirish kerak deb o‘ylayman. Bu birinchi o‘yin va atigi uch ochko. Hozircha kimda qanday kuch borligini bilib bo‘lmaydi", — dedi jizzaxliklar ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?