Foto: Matchrom
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning 8 mart kuni Saudiya Arabistonida o‘tadigan boks kechasidagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ushbu haftaning juma oqshomida Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi doirasida Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun jangi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga o‘zbekistonlik bokschining tibbiy ko‘rik natijalari salbiy chiqqani, BBBofC (British Boxing Board of Control) tomonidan tekshirilgan tibbiy nazorat natijalariga ko‘ra, jang o‘tkazilmasligi aytilgandi.
Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, ushbu jang o‘tkaziladigan bo‘ldi. Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun chempionlik jangini o‘tkazish uchun murabbiylari bilan birga Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, 8 mart kungi Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining asosiy jangi Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi