19:11 / 05.03.2024
216

Yevropa Chempionlar Ligasining yangi formati. Nimalar o‘zgaradi?

Yevropa Chempionlar Ligasining yangi formati. Nimalar o‘zgaradi?
Foto: UYEFA
UYEFA Chempionlar Ligasining 2024/25 yilgi mavsumidan boshlab yangi formatda o‘tkaziladi. Biz ushbu formatda nima o‘zgarishini, nima shu holida qolishi, bu muxlislar uchun nimani anglatishini va UYEFAning boshqa klub musobaqalariga qanday ta’sir qilishini tushuntiramiz.

Yevropa futboli jahondagi eng muvaffaqiyatli va ommabop sport turlaridan biri ekanligining sababi bor. U hech qachon bir joyda turmaydi. 1955 yilda Yevropa Chempionlar Kubogi deb nomlanuvchi ilk musobaqa boshlanganidan beri UYEFA doimiy ravishda rivojlanib bordi va UYEFA Chempionlar Ligasini kengroq ommaga yetib borishi uchun moslashtirdi va turli o‘zgarishlar qilib bordi.

Yangi 2024/25 yilgi mavsum formati klublar, o‘yinchilar va muxlislar uchun eng maqbuli bo‘lishini ta’minlash maqsadida UYEFA o‘z dizaynini Yevropa futbol hamjamiyatidagi asosiy manfaatdor tomonlar bilan keng ko‘lamli birgalikdagi maslahatlashuvlar orqali yaratdi. Yevropa klublari musobaqalarining yakuniy formati, unda qatnashuvchilar ro‘yxati va taqvimi UYEFAning 2021 yil 19 apreldagi yangi musobaqa tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qarori bilan 2022 yil 10 mayda tasdiqlangan.

UYEFA tashkiloti qarorlari biz sportning asosiy qadriyatlarini hurmat qilish va musobaqalarning ochiqlik tamoyilini himoya qilishga to‘liq sodiqligimizni yaqqol ko‘rsatadi, musobaqalarda qatnashish uchun saralash bosqichining mavjudligi qadriyatlar va hamjihatlikka asoslangan Yevropa sport modeliga to‘liq mos keladi. Bu UYEFA Ijroiya qo‘mitasining bir ovozdan qabul qilingan qarori, Yevropa klublari assotsiatsiyasi, Yevropa ligalari va milliy assotsiatsiyalar taklifga rozi bo‘lganidan juda mamnunman. Bu — Yevropa futboli har qachongidan ham jipslashganining yana bir isboti”, — dedi UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferin.

Chempionlar Ligasi formati 2024/25 yilgi mavsumda qanday o‘zgaradi?

UYEFA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan islohotlardagi asosiy o‘zgarish bu joriy formatdagi guruh bosqichi tizimidan voz kechishdir. Hozirgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 32 ishtirokchi to‘rttadan sakkizta guruhga bo‘lingan. 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasi bosqichida (sobiq guruh bosqichi) 36 ta klub ishtirok etib, yana to‘rtta jamoaga Yevropaning eng yaxshi klublari bilan raqobatlashish imkoniyatini beradi. Ushbu 36 ta klub bitta liga musobaqasida qatnashadi, unda barcha 36 ta raqobatchi klublar birgalikda jadvalga joylashadilar.

Foto: UYEFA
Yangi formatga ko‘ra, jamoalar yangi liga bosqichida (sobiq guruh bosqichi) sakkizta o‘yin o‘tkazadi. Ular endi uchta raqib bilan ikki marta — uyda va mehmonda o‘ynamaydi, balki sakkiz xil jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazadilar, bu o‘yinlarning yarmini uyda va yarmini mehmonda o‘tkazadi. Sakkiz xil raqibni aniqlash uchun jamoalar dastlab, to‘rtta savatchada tartiblanadi. Keyin har bir jamoa ushbu idishlarning har biridan ikkita raqib bilan o‘ynash uchun qur’a tashlanadi, har bir jamoa uyda va bitta mehmonda o‘ynaydi.

Foto: UYEFA
Bu klublarga o‘zini ko‘proq raqiblarga qarshi sinab ko‘rish imkoniyatini beradi va muxlislarda kuchli jamoalarning musobaqada tez-tez va ertaroq to‘qnash kelishini ko‘rish imkoniyatini oshiradi. Shuningdek, har bir klub uchun yanada raqobatbardosh o‘yinlarni taqdim etadi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qo‘shimcha to‘rtta yo‘llanma qanday taqsimlanadi?

Chempionlar Ligasiga saralash ochiq bo‘lib qoladi va klubning o‘tgan mavsumdagi ichki liga musobaqalaridagi yakuniy o‘rni va har bir assotsiatsiyaning klublari koeffitsienti reytingidagi o‘rni bilan bog‘liq. A’zolar ro‘yxatining asosi joriy mavsumdagidek qoladi va 2024/25 yilda mavjud bo‘lgan qo‘shimcha to‘rtta slot quyidagicha taqsimlanadi:

Birinchi o‘rin: Bu o‘rin UYEFA assotsiatsiyasi klublar koeffitsienti reytingi bilan belgilanadigan kirish ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallagan o‘z chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan klubga tushadi.

Ikkinchi o‘rin: Bu o‘rin to‘rtta klub ishtirok etayotgan bo‘lsa saralashdan o‘tgan klublar sonini to‘rttadan beshtaga oshirish orqali chempion davlat chempionatiga beriladi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar: Bu o‘rinlar o‘tgan mavsumda klublari eng yaxshi jamoaviy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan assotsiatsiyalarga o‘tadi (ya’ni, har bir klub olgan koeffitsient ballari umumiy klub soniga bo‘lib hisoblanaadi), Ushbu ikki assotsiatsiyaning har biri o‘z ichki ligasida to‘g‘ridan to‘g‘ri Chempionlar Ligasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan klublardan keyingi eng yaxshi o‘rinni egallagan klub uchun bittadan avtomatik o‘rinni qo‘lga kiritadi.

Jamoalar Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga qanday yetib boradi va pley-off bosqichi formati o‘zgaradimi?

Har bir o‘yin natijalari yangi ligadagi umumiy reytingni hal qiladi, g‘alaba uchun uch ochko va durang uchun bitta ochko hali ham amal qiladi.

Liganing eng yaxshi sakkizta jamoasi avtomatik tarzda 1/8 finalga yo‘llanma oladi, 9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa, musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l olish uchun ikki o‘yindan iborat nokaut bosqichidagi pley-offda kurashadilar. 25 yoki undan pastroq o‘rinlarni egallagan jamoalar UYEFA Yevropa Ligasiga kirish huquqisiz chempionatni tark etadi.

Foto: UYEFA
Barcha jamoalar bitta ligada birlashtirilgan yangi format liga bosqichida ko‘proq o‘ynash imkonini anglatadi.

Pley-off bosqichida 9-16-o‘rin oralig‘idagi o‘rinlarni egallagan jamoalar uchun qur’a tashlanadi, ya’ni ular 17-24-o‘rinlarni egallagan jamoa bilan to‘qnash keladi — prinsipial ravishda javob o‘yinini o‘z uyida o‘tkazadi. Pley-off bosqichida g‘alaba qozongan sakkizta klub 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi va ularning har biri 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan eng yaxshi sakkiztadan biri bilan to‘qnash keladi.

Liga va pley-off bosqichlari o‘rtasidagi sinergiyani kuchaytirish va liga bosqichida ko‘proq rag‘batini ta’minlash uchun pley-off bosqichining juftliklari qisman liga bosqichi reytingi bilan belgilanadi, qur’a ham xuddi shunday yo‘nalishda belgilanadi.

1/8 finaldan boshlab, musobaqa o‘zining mavjud formati bo‘yicha davom etadi va UYEFA tomonidan tanlangan neytral maydonda o‘tkaziladigan finalga qadar davom etadi.

Foto: UYEFA
Finalgacha bo‘lgan barcha o‘yinlar butun Yevropa bo‘ylab ichki o‘yinlar taqvimi muhimligini e’tirof etgan holda hafta o‘rtasida o‘ynashda davom etadi, final esa shanba kuni o‘ynashda davom etadi.

2024/25 yildan boshlab Yevropa Ligasi va Yevropa Konfederatsiyalar Ligasi formatlari ham o‘zgaradimi?

Ha. Shunga o‘xshash formatdagi o‘zgarishlar UYEFA Yevropa Ligasi (sakkizta o‘yin, shuning uchun liga bosqichida sakkiz xil raqib) va 2024/25 yildan boshlab UYEFA Konferensiyalar Ligasi deb ataladigan UYEFA Yevropa Konferensiyalar Ligasi (oltita o‘yin, oltita turli raqib) uchun ham qo‘llaniladi. Ikkala musobaqada ham liga bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi.

Foto: UYEFA
Uchta musobaqa uchun taqvim qanday tuziladi?

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari sentyabr yanvar oylarida, Yevropa Konferensiyalar Ligasi o‘yinlari esa sentyabr dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. UYEFA klublari o‘rtasidagi uchta musobaqaning har birida bittadan eksklyuziv o‘yin haftasi bo‘ladi, qolgan ikkita musobaqa esa shu haftada o‘tkazilmaydi.

Standart haftalarda Chempionlar Ligasi o‘yinlari seshanba va chorshanba kunlari o‘tkaziladi, Yevropa Ligasi va Yevropa Konferensiyalar Ligasi o‘yinlari esa payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Chempionlar Ligasining eksklyuziv haftasida Chempionlar Ligasi o‘yinlari seshanba, chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ligasining eksklyuziv haftasida Yevropa Ligasi o‘yinlari chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Yevropa Konferensiyalar Ligasining eksklyuziv haftasida Yevropa Konferensiyalar Ligasi o‘yinlari payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Har bir musobaqalar Ligasining so‘nggi bosqichidagi barcha o‘yinlar bir vaqtda o‘tkaziladi.

Chempionlar Ligasining yangi formati tomoshabinlarga qanday foyda keltiradi?

Liganing yangi formati har bir musobaqaga ko‘proq Yevropa jamoalarini jalb qiladi va muxlislarga nafaqat ko‘proq top yevropa jamoalari o‘yinlarini ko‘rish, balki o‘sha o‘yinlarni musobaqaning avvalida ko‘rish imkonini beradi.

Yangi format barcha jamoalar o‘rtasida yaxshiroq raqobatni yuzaga keltiradi, har bir jamoa liga bosqichida o‘z darajasidagi raqiblar bilan o‘ynash imkoniyatini beradi.

Har bir o‘yin muhim. Liganing yangi formatida har qanday natija jamoaning o‘rniga ta’sir qiladi. Har bir jamoada oxirgi o‘yin kuniga qadar o‘z o‘rnini keskin o‘zgartirish imkonini beradi. Liga bosqichining so‘nggi o‘yinida g‘alaba qozonish yoki mag‘lubiyatga uchrash jamoani avtomatik ravishda nimchorak finalga olib chiqishi, pley-off bosqichida o‘ynashi yoki umuman musobaqadan chetlatilishi olib kelishi mumkin.

Chempionlar Ligasining yangi formati Yevropa o‘yinlariga qanday foyda keltiradi?

Amalga oshirilgan o‘zgarishlar Yevropa futbolining ijobiy kelajagini har bir darajada ta’minlash va barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu musobaqalar butun qit’a bo‘ylab ochiq raqobat va sport prinsiplariga qo‘shma sodiqlikni so‘zsiz tasdiqlagan holda tashkil qilinadi va uning umumiy maqsadi ham ichki ligalarni nufuzini saqlab qolish hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, UYEFA klub musobaqalarining yangi formati ko‘proq jamoalarni jalb qiladi va shuning uchun murabbiy va futbolchilarga Yevropa sahnasida yanada raqobatbardosh o‘yinlarda qatnashish imkonini beradi.

UYEFA, shuningdek, butun Yevropa futboli uchun kuchli moliyaviy majburiyatini saqlab qoladi va shu bilan Yevropa futbolining poydevorni mustahkamlaydi.

Erkin G‘aybullayev tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasining yangi formati. Nimalar o‘zgaradi?