
BAA kubok yarim finalidan o‘rin olgan javob bahsida "Al-Vahda" "Al-Vasl"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub qildi.
O‘yinda Pimento, Xarbin, Fakundo va Ahmad bittadan gol urdi. Hojimat Erkinov esa 77-daqiqada zahiraga olindi. Vinger sheriklariga 22 ta pas bergan bo‘lsa, ulardan 19 tasi aniq bordi. Shuningdek, ikki marta muvaffaqiyatli dribling ham ishlatib, 6 ta duelda g‘olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, dastlabki uchrashuvda 1:2 hisobida "Al-Vasl"ning qo‘li baland kelgandi. Klub BAA chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi.
"Al Vahda" — "Al Vasl" 4:0
Gollar: Ahmad Nurullohi (12), Fakundo Kruspski (40), Omar Xarbin (82), Lukas Pimenta (87).
Shuni ham ta’kidlash kerak, "Al-Vasl" chorak finalda "Shabab Al-Ahli"ni umumiy 6:2 hisobida taslim qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar