
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada "Kalyari"dagi debyut golini urdi. 76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 28 yoshli hujumchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Assalomu alaykum, hammaga. Juda ham baxtliman, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Forza Cagliari", - dedi terma jamoamiz sardori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar