
A Seriya turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana"ga uchrashuvida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin sardiniyaliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu biz uchun muhim g‘alaba. Oristiano va Shomurodovlar tiklanishga muvaffaq bo‘lishdi. Bugun nima bo‘lganda ham yutishimiz kerak edi. Eldor darrov bizning sxemalarimizga moslashdi, lekin hali mentalitet borasida bunday emas. Jamoaga moslashayotgan paytida jarohat oldi. Ammo hozir juda ajoyib holatda. Yaxshi tehnikaga ega va golni his qila oladi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Shomurodov dubl qilgan o‘yindan keyin "Kalyari" A Seriya turnir jadvalida 26 ochko bilan 13-o‘ringa chiqib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar