15:54 / 10.03.2024
252

A Seriya. «Inter» ikkinchi o‘rindan 18 ochkoga o‘zib ketdi, Shomurodovda gollar (video)

A Seriya. «Inter» ikkinchi o‘rindan 18 ochkoga o‘zib ketdi, Shomurodovda gollar (video)
Turning markaziy o‘yinini o‘z tug‘ilgan kunida noqulay raqibga qarshi o‘tkazgan «Inter» birinchi bo‘lim o‘rtalaridayoq hisobni ochdi. Taktik ehtiyotkorlikka e’tibor qaratilgan o‘yinda neradzurrilar pressingni a’lo darajada bajarishdi. Avvaliga jarohatidan tuzalib safga qaytgan Tyuram yaqqol golli vaziyat yaratib berdi, ammo Skorupski yakkama-yakka holatga chiqib kelgan Barellaning zarbasini qaytardi. Lekin ko‘p o‘tmay milanlik himoyachilar ham o‘z ampluadoshlarini, ham darvozabonni ilojsiz ahvolda qoldirishdi. Bastoni chap qanotdan ajoyib uzatma berdi, Bissek esa to‘pni olis ustun tomonga aniq yo‘lladi.

«Inter» birinchi bo‘limda nisbatan yuqori saviyali jamoa ekanini namoyish etib berdi va Simone Indzagi Tiagu Mottani dog‘da qoldirdi. Ammo o‘tkazib yuborilgan gol «Bolonya»ni o‘ziga keltirdi va jamoa ikkinchi bo‘limda o‘zining dadil futbolini hamda ustunlikka intilishini namoyish etib berdi. Poshning o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi ancha xavfli chiqdi. Faqat bu va boshqa hujumlar mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.

Yil boshidan buyon 13-g‘alabasini nishonlagan «Inter» nuqsonsiz o‘ynamoqda va turnir jadvalidagi asosiy ta’qibchisi «Yuventus» bilan oradagi farqni 18 ochkoga yetkazdi. Jamoa A seriyada 22 o‘yindan buyon yutqazmayapti. Qolaversa, bu o‘yinda jamoa to‘purari Lautaro Martinesga dam berilgandi, u «Atletiko»ga qarshi safar o‘yini uchun asralgan. «Bolonya» esa g‘alabali seriyasi to‘xtatilganiga qaramay, «Roma» va «Atalanta» jamoalari bu turda qanday natija qayd etishidan qat’i nazar kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qoladi.

«Bolonya» – «Inter» 0:1
Gol
: 0:1 – 37 Bissek.
«Bolonya» – Skorupski, Posh, Lukumi, Bekema, Kristiansen, Froyler, Ebisher (Moro, 69), Fergyuson, Odgor (Orsolini, 79), Zirkzeye (Kastro, 79), Salemakers (Ndoye, 74).
«Inter» – Zommer, Darmian, Acherbi, Bastoni, Bissek, Karlos Augusto (Dumfris, 46), Mxitaryan (Frattezi, 61), Chalxono‘g‘li (Aslani, 61), Barella (Klassen, 80), Sanches, Tyuram (Arnautovich, 66).
Ogohlantirishlar: Zirkzeye (25), Froyler (48), Klassen (81).

«Kalyari» – «Salernitana» 4:2
Gollar:
1:0 – 12 Lapadula, 2:0 – 40 Gaetano, 3:0 – 51 Shomurodov, 3:1 – 56 Kastanos, 3:2 – 58 Madjore, 4:2 – 76 Shomurodov.
«Kalyari» – Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Veteska, Nandes (Viola, 66), Yankto (Atssi, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Eldor Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66).
«Salernitana» – Ochoa, Dzanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Bashich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Madjore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65).

O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodov A Seriyasi 28-turiga kelib mavsumdagi dastlabki gollarini urdi.

«Kalyari»ning «Salernitana»ga qarshi o‘yinida Raniyeri 2-bo‘lim boshida Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirdi. Yaqinda jarohatidan tuzalib qaytgan o‘zbekistonlik hujumchi 56 va 76-daqiqalarda gollar urib, dubli evaziga «Kalyari»ga muhim g‘alabani keltirdi – 4:2. Bu uning Sardiniya jamoasi safidagi dastlabki gollari bo‘ldi.

Uning uzoq kutilgan golidan keyin A Seriyaning tvitterdagi rasmiy sahifasi ham o‘zbekcha post qo‘ydi.

Shu tariqa, Shomurodovning gollari evaziga «Kalyari» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Salernitana» esa 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Inter» ikkinchi o‘rindan 18 ochkoga o‘zib ketdi, Shomurodovda gollar (video)