21:17 / 10.03.2024
167

Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi bahs durang bilan tugashi kerak edi"

Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi bahs durang bilan tugashi kerak edi"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Bugun durang bo‘lishi kerak edi. Biz ham g‘alabaga haqli emasdik, bitta pozitsion xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Birinchi taym boshida Fransis Narxning kutilmagan jarohati o‘yinimizga ta’sir qildi. Afsuski mag‘lub bo‘ldik, raqibga ham tan berish kerak, bitta vaziyatdan foydalanib ketdi", - deydi Vadim Abramov.

- Tushunishimcha hozir "Dinamo"ning mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ham normal maydon yo‘q. Bu ham jismoniy holatga ta’sir qiladimi?
- Hozir bu haqda gapirmoqchi emasdim. Xuddi bahonadek bo‘lib qoladi. Afsuski Samarqandda qanday maydonda mashg‘ulot qilganimizni bilasiz, ikkita turli maydonda mashq qilish va o‘ynash ta’sir qiladi albatta.

- Qachon jamoa Samarqandga qaytadi?
- Hozir mart oyida FIFA kunlari bo‘ladi, keyin kubok tufayli Superligada tanaffus bo‘ladi. Menimcha aprel oyi oxirida Samarqandda o‘ynay olamiz.

- Nima uchun Emmanuel Yagrni maydonga kech tushirdingiz?
- Sababi asosiy tarkibda boshqa hujumchilar o‘ynashdi. Yagr anchadan buyon maydonga tushmagandi, shu bois uning imkoniyatlarini bilib olish uchun zaxiradan tushirdik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi bahs durang bilan tugashi kerak edi"