
WBO yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn(69,8 kg)da jahon chempioni Tim Szyu(24-0, 17 KO) zamonaviy bokschilarni "bir to‘da mushukchalar" deb atadi. U shuningdek, chinakam eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmaganini ta’kidladi.
"Bugungi kunda eski boks maktabidan chiqqan jangchilar qolmadi. Zamonaviy bokschilar "bir to‘da mushukchalar"ga o‘xshaydi: yilda bir marta jang qilishadi va 2 yil dam olishadi. Faqatgina men to‘g‘ri yo‘l tutyapman. Chunki men harakatsiz qolmadim. Hozir ham men har qanday raqib bilan jang qilishga va uni yanchib tashlashga tayyorman", - dedi Szyu Boxing Scene nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yengilmas Szyu Keyt Turmanga qarshi 30 mart kuni Las-Vegasda jang qiladi.
Tim SzyuBir To‘da MushukchalarO‘rta VaznJahon ChempioniZamonaviy BokschilarBoks Maktabi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar