16:26 / 11.03.2024
473

Usmonali Usmonaliev kechagi qizil kartochkaga munosabat bildirdi

Usmonali Usmonaliev kechagi qizil kartochkaga munosabat bildirdi
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvida qizil kartochka olgan Usmonali Usmonaliev vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Muhammadkarim bilan yoshlikdan katta bo‘lganmiz, uch yil bitta jamoada to‘p surdik. Og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik. Oilaviy bordi-keldimiz bor. Qisqasi, u bilan aka-ukadek yaqinmiz, qalinmiz. Uchrashuvdan avval ham Toirov bilan ancha suhbatlashdik, hazillashdik.

Golimiz VARda tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashdik. Boshqa jiddiy gap yo‘q. Vaziyatni chuqurlashtirish, muammo izlash, vahima ko‘tarish shart emas. Agar o‘sha hazilim uchun qizil kartochka ko‘rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim.

Xo‘p, men chetlatildim, vaziyatni qo‘rqinchli qilib ko‘rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho‘ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, insoniylik ikkinchi “planga” tushdi, e’tiroz yo‘q, ammo yana qaytaraman, vaziyatni vahimali ko‘rsatishga harakat qilish noto‘g‘ri.

Toirov o‘sha vaqtda hakamga qizil kartochka ko‘rsatmang demoqchi edi, ulgurmay qoldi, chunki uni yiqitishdi. Buning uchun o‘zi mendan uzr so‘radi. Aslida meni xafa qilgani boshqa narsa, hisob tenglashguniga qadar o‘yindagi ustunlik biz tomonga o‘tayotgan edi, maydondan chetlatilganimdan so‘ng hammasi o‘zgarib ketdi. Shunisi alam qildi.

Chetlatilganimdan so‘ng kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldim, tanaffusga qadar o‘yin biz uchun teskari ko‘rinish oldi. Shundan keyin chetlatilganim jiddiy tarzda alam qildi. O‘zimni hammasiga aybdorlik hissi qamrab oldi. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so‘rayman!

Manba: https://t.me/bunyodkor_club

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmonali Usmonaliev kechagi qizil kartochkaga munosabat bildirdi