
"Kalyari"ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov "Salernitana"ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uzoq vaqtdan so‘ng jarohatidan forig‘ bo‘lib, maydonga qaytgan Shomurodov mazkur bahsda dublga erishib, jamoasining 4:2 hisobida g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shdi.
"Ikki karra xursandman, uzoq vaqtdan beri maydonga qaytganimdan so‘ng gollarim evaziga g‘alaba qozondik. Biz uch ochko qo‘lga kiritdik va bu juda muhim edi.
Jarohat tufayli bir necha oy maydondan tashqarida bo‘ldim, biroq bor e’tiborimni maydonga qaytishga va "Kalyari" g‘alabasi uchun yordam berishga qaratdim, boshqa hech narsa haqida o‘ylamadim. Murabbiy menga ishonch bildirmoqda, shu bois jamoaga yordam berishga harakat qilaman".
Uch ochko bizga muhim edi. Oldinda kutayotgan har bir o‘yin uchun kurashamiz va borimizni beramiz. Umid qilamanki, chempionatni muvaffaqiyatli tarzda yakunlaymiz", — o‘zbekistonlik forvard. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar