05:30 / 14.03.2024
97

YECHL. «Atletiko» «Inter»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Borussiya D» ham 1/4 finalda

YECHL. «Atletiko» «Inter»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Borussiya D» ham 1/4 finalda
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 13 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Inter” safarda “Atletiko” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Federiko Dimarko hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, “matraschilar” futbolchisi Antuan Grizmann javob golini urdi. Birinchi bo‘limda ushbu hisob saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 87-daqiqaga kelib, Memfis Depay madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Atletiko” hisobni tenglashtirdi (dastlabki o‘yinda “Inter” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi) va hakam qo‘shimcha bo‘limlar uchun hushtagini chaldi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa “Atletiko Madrid” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

“Borussiya D” o‘z maydonida “PSV”ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Dortmundliklar tarkibida Jeydon Sancho hamda Marko Royslar gol mualliflariga aylandi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, nemislar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa chorakfinalga chiqqan barcha 8 jamoa ma’lum bo‘ldi — «Manchester Siti», «Real», «Bavariya», «PSJ», «Barselona», «Arsenal», «Atletiko» va «Borussiya D». 15 mart kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

YECHL. 1/8 final. 13 mart
Javob bahslari

Atletiko — Inter 2:1

Penaltilar seriyasi — 3:2.
Gollar: Grizmann (35), Depay (87) — Dimarko (33).
Atletiko – Oblak, Molina (Barrios, 79), Savich, Ermoso, Vitsel, Koke, De Paul (Korrea, 71), Lorente (Aspilikueta, 99), Grizmann (Saul, 106), Morata (Depay, 79), Lino (Rikelme, 71).
Inter – Zommer, Dumfris (Darmian, 73), de Vrey, Pavar, Bastoni (Acherbi, 73), Dimarko (Bissek, 84), Mxitaryan (Klassen, 111), Chalxono‘g‘li, Barella (Frattezi, 84), Tyuram (Sanches, 102), Martines.
Ogohlantirishlar: Ermoso (41), Koke (90), Chalxono‘g‘li (104), Acherbi (105), Bissek (118).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Borussiya D — PSV 2:0
Gollar
: Sancho (3), Roys (90+5).
Borussiya D – Kobel, Zyule, Hummels, Jan, Matsen, Zabitser, Brandt (Nmecha, 58), O‘zjan, Malen (Adeyemi, 70), Sancho (Roys, 75), Fullkrug.
PSV – Benites, Teze, Boskalli, Sxauten, Dest, Mauro Junior (Babadi, 86), Til (Losano, 46), Verman (Pepi, 82), Tillman, Bakayoko, de Yong.
Ogohlantirishlar: Zyule (88), Nmecha (89).
Birinchi o‘yin — 1:1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. «Atletiko» «Inter»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Borussiya D» ham 1/4 finalda