
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/4 final o‘yinlariga 15 mart, juma kuni qur’a tashlandi.
Yevropa Ligasi 1/4 final juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi:
“Milan” — “Roma”
“Liverpul” — “Atalanta”
“Bayer” — “Vest Hem”
“Benfika” — “Marsel”
Yevropa Ligasining chorak final dastlabki o‘yinlari 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 18 aprelga belgilangan.
“Benfika” — “Marsel” juftligida g‘olib bo‘lgan jamoa yarim finalda “Liverpul” — “Atalanta” juftligidagi g‘olib bilan bahs olib boradi. “Milan” — “Roma” juftligidagi g‘olib “Bayer” — “Vest Hem” g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Yarim finalning birinchi o‘yini 2 may, ikkinchi o‘yini esa 9 mayda bo‘lib o‘tadi.
Final bahsi 22 may kuni Dublinda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar