Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so‘ng "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Dastlabki uch turni o‘tkazib oldik va biz bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha omadsiz hodisalar shu uchta O‘yin davomida ro‘y berdi. Kutilmagan gollar urildi. Futbolchi boshini bilan zarba berdi va to‘p noyob trayektoriya orqali darvozamizdan joy oldi. Chempionat endi boshlandi va hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Sabrli bo‘lishimiz kerak. O‘yin sifati, xohish, motivatsiya hammasi joyida, ammo kutilmagan hodisalar ro‘y bermoqda.
Xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz va yo‘q joydan gol o‘tkazib yubormoqdamiz. Oldinda kichik tanaffus bor va tanaffus jarayonida barchasini tahlil qilib chiqamiz. O‘yin haqida gapirgim kelmayapti. "Bunyodkor"ni hurmat qilaman, biroq bunday darajadagi jamoalarni mag‘lub etishimiz kerak.
- "Bunyodkor"da murabbiylar o‘zgarishi ro‘y berdi va ko‘pincha bunday holatlarda o‘zgarishlar natijaga ijobiy ta’sir qiladi. Bugungi "Bunyodkor"ning qarshiligi sizni qay darajada hayron qoldirdi?
- Ha, "Bunyodkor"da o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugungi uchrashuvda ular to‘liq yangi tarkib bilan maydonga tushishdi. O‘tgan ikki uchrashuvda ham "qaldirg‘och"lar yomon o‘ynashmadi, ammo himoyadagi xatolar sababli jamoa ko‘p gol o‘tkazib yuborayotgan edi. Bugun esa umuman boshqa futbolchilar maydonga tushishdi. Yangi futbolchilar esa bizga notanish. Birinchi bo‘limda ko‘proq bosim qilishimiz kerak edi, sababi raqibimiz tarkibidagi futbolchilar yosh.
Tanaffusdan so‘ng, bosimni kuchaytirdik va ikkita gol urdik. Birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik. "Bunyodkor"ning misoli, mahalliy mutaxassislarga ishonishda davom etishimiz kerakligini ko‘rsatib berdi. Yangi murabbiy jamoani bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorlaganini ko‘rdingiz. "Bunyodkor" o‘z akademiyasi bilan mashhur. Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilar buni isbotlashdi. "Bunyodkor"ga "respekt" aytaman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”