22:40 / 17.03.2024
122

Mirjalol Qosimov: "Doim hujumkor va ochiq o‘yin ko‘rsatamiz, shu sabab biz bilan o‘ynash juda ham oson"

Mirjalol Qosimov: "Doim hujumkor va ochiq o‘yin ko‘rsatamiz, shu sabab biz bilan o‘ynash juda ham oson"
O‘zbekiston Superligasi 3-tur doirasidagi OKMK — "Dinamo" (3:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Muhimi kerakli natijaga erishdik. Karlenovichning uslubini bilaman, qolaversa "Dinamo" ikkita o‘yinda ochko to‘plamagandi.

Bugun maydonda bir-biriga mos ikkita jamoa harakat qildi va mazmunli o‘yin bo‘ldi. O‘yin 2:1 bo‘lib turgan payti Javohir jamoani qutqardi va biz undan keyin uchinchi to‘pni kiritdik. Bu futbol", — deya so‘z boshladi Qosimov.

— OKMK birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdi, ikkinchi bo‘limda esa tashabbusni raqibga topshirib qo‘ydi. Himoyaga qaytish ko‘rsatmangizmidi yoki "Dinamo" shunchalik qo‘shdimi?

— Kichik xatolar, aniqrog‘i to‘p uzatmalaridagi xatolar sabab ustunlikni "Dinamo"ga berib qo‘ydik. Bunday ko‘rsatma berilmagan. Biz doim hujumkor va ochiq futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz va shu sabab biz bilan o‘ynash juda oson.

— Bugun zaxiradan yoshlarni tushirdingiz va ular yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Ularni keyingi o‘yinda asosiy tarkibda ko‘rishimiz mumkinmi?

— Bizda iqtidorli yoshlar bor. Barchasi o‘zlarining qo‘lida va ular juda ko‘p ishlashlari kerak. O‘zlari, oilalari uchun harakat qilishlari kerak. Umuman olganda, 16 yoshda ham 50 yoshda ham harakati yaxshi bo‘lsa nega endi o‘ynamasligi kerak? O‘rinbosarlar o‘yinlarini kuzatyapmiz, agar yaxshi o‘ynashsa har birlariga imkoniyat beriladi.

— 3-turdan so‘ng chempionat haqidagi fikringiz qanday?

— Hali nimadir deyishga erta. Yil so‘nggiga qadar shunday kurashlarni ko‘rsak kerak. Jamoalar bir-biriga teng ko‘rinmoqda, aniqrog‘i peshqadam va autsayder yo‘qdek.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Doim hujumkor va ochiq o‘yin ko‘rsatamiz, shu sabab biz bilan o‘ynash juda ham oson"