Superliganing 3-turidan o‘rin olgan OKMK - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda xatolarimiz bo‘ldi, biroq ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytira oldik. Penalti bilan bog‘liq vaziyatda hakamlar qarori to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganmi, o‘yin videosini ko‘rib xulosa chiqaramiz. "Navbahor" bilan o‘yindagi hakamlikka bugungi kabi e’tirozlar bor edi.
- Joel Kojoning almashtirilishiga sabab nima bo‘ldi?
- Kojoni jarohatdan asrash uchun unga dam berishga qaror qildik. Anvar Hojimirzayev oldingi chiziqda to‘pni yaxshi ushlay oladi, uning bu imkoniyatidan foydalanishni reja qilgandik.
- 3 ta o‘yin va 3 ta mag‘lubiyat. Bunga qanday izoh bergan bo‘lardingiz?
- "Navbahor" bilan o‘yinda ham hakamlar bizning zararimizga qaror chiqarishgandi. Bugun ham shu kabi holatlar bo‘ldi. Hozir chempionatning kirish qismidamiz, xulosa chiqarishga hali erta. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”