10:56 / 18.03.2024
195

"Trabzonspor" muxlislari va "Fenerbaxche" futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

"Trabzonspor" muxlislari va "Fenerbaxche" futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
Turkiya Superligasining 30-turi doirasida "Trabzonspor" o‘z maydonida "Fenerbaxche"ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ammo ma’lum bo‘lishicha, final hushtagi yangraganidan so‘ng maydonda mezbon muxlislar hamda mehmon futbolchilar o‘rtasida yirik mushtlashuv sodir bo‘lgan. G‘alabani nishonlayotgan "Fener" futbolchilari maydon egalariga ma’qul kelmagan va ularni tomoshabinlar burchak bayrog‘i bilan savalashga tushib ketishgan.

Vaziyatga istanbulliklar legioneri Fred ham aralashgan va u ishqibozlar bilan mushtlashgan. So‘ng mehmonlar xavfsizlik xodimlari va politsiya vakillari yordamida maydonni tark etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Trabzonspor" muxlislari va "Fenerbaxche" futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi