
Moskvada SSKA hamda “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida “armiyachilar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongani xususida xabar berib o‘tgandik. Uchrashuvdan keyin “Bunyodkor” klubining vaqtinchalik ustozi Anvar G‘ofurov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Yaxshi raqibga qarshi o‘ynadik. Yaxshigina dars bo‘ldi. Jamoa to‘g‘ri futbol o‘ynashga harakat qildi. Birinchi taymda futbolchilarda ishonch o‘zlariga kerakli darajada emasdi.
Tanaffusda ular bilan gaplashib, xotirjamroq o‘ynanglar deb tushuntirdik. Ikkinchi taymda mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishdi va buning uddasidan chiqdik, deb o‘ylayman. Kelgan muxlislardan xursand bo‘ldik. Ular yordam sifatida bizga muxlislik qilishdi. Ulardan minnatdormiz. Kelasi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga hamda ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz”, - deydi G‘ofurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar