
Bugun “Neftchi” klubi o‘z maydonida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Oldinroq Qirg‘iziston U20 termasiga qarshi maydonga tushgan va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan farg‘onaliklar bu safar Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasini qabul qildi hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar.
Birinchi bo‘limda Mixay Roman hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin G‘ulom-Haydar G‘ulomov va Bilolxon Toshmirzayev hisobni yiriklashtirdilar.
"Neftchi": Sanjar Quvvatov, Boyan Siger, Muxsin Ubaydullayev, Anvar G‘ofurov, Abbos G‘ulomov Mirzoxid G‘ofurov, Ketelin Karp, Diyor Turopov, Javohir Qaxramonov, Nsungusi Effiong, Mixay Roman.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Jaloliddin Jumaboyev, Xurshid Muxtorov, Muhammadali Xolmatov, Shoxrux Yoqubjonov, Doniyor Valiyev, Sanjar Qodirqulov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Shoxruz Norxonov, Bexruz Oblakulov, Bilolxon Toshmirzayev.
Gollar: Mixay Roman, 33 - 1:0. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 47 - 2:0. Bilolxon Toshmirzayev, 81 - 3:0. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar