Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab, jahon chempioni bo‘ldi.
Geoff Robins/AFP/Getty Images
Kanadaning Monreal shahrida o‘tgan jahon chempionatida Malinin to‘rtta aylanali sakrashni olti marta amalga oshirdi: avval to‘rtlik aksel, keyin uch marta yakka to‘rtlik (luts, rittberger, salxov) sakrashlarini amalga oshirdi.
Uning erkin dasturdagi bu noyob muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi bo‘ldi.
Foto: Mert Alper Dervis / Anadolu Agency / Getty Images
Ilya Malinin 2004 yilda AQSHning Virjiniya shtatida, o‘zbekistonlik figurali uchuvchilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug‘ilgan. Uning singlisi Yelizaveta ham figurali uchish bilan shug‘ullanadi.
Tatyana Malinina – 1999 yilda o‘tkazilgan ilk to‘rt qit’a chempionati g‘olibi, o‘sha yilgi Gran-pri finali g‘olibi, 10 karra O‘zbekiston chempioni (1993–2002), 2002 yilgi Qishki olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra O‘zbekiston chempioni (1997, 2003), 1998 va 2002 yillarda Qishki olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”