02:13 / 27.03.2024
481

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 26 mart, seshanba kuni Qatarga qarshi maydonga tushdi.

Foto: O‘FA
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisob ochildi. Alisher Odilov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim Timur Kapadze shogirdlarining kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Qatar hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada esa Husayn Norchayev penaltini aniq amalga oshirib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

78-daqiqada Alibek Davronov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston OTJ bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Shunga qaramasdan Olimpiya terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dohadagi yig‘in davomida jamoalar 23 mart kuni ham nazorat o‘yini o‘tkazgan edi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

O‘rtoqlik o‘yini
26 mart, seshanba

Qatar OTJ — O‘zbekiston OTJ 1:2
Gollar
: Alisher Odilov (5), Husayn Norchayev (54)

O‘zbekiston U-23: Vladimir Nazarov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Alibek Davronov, Asadbek Rahimjonov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo‘riyev, Umarali Rahmonaliyev, Jasurbek Jaloliddinov, Alisher Odilov, Husayn Norchayev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev.

Chetlatish: Alibek Davronov (78, ikkinchi sariq kartochka).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi