
Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashi doirasida Gruziya terma jamoasi Gretsiyaga qarshi bahs olib bordi.
Villi Sanol shogirdlari 0:0 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida Gretsiyani mag‘lub etishdi va pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
Gruziya – Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penalti bo‘yicha - 4:2
Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya, Dvali, Kiteyshvili (Kvekveskiri, 104), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 104), Kvaratsxeliya (Kvilitaya, 109), Zivzivadze (Mikautadze, 74), Shengeliya (Sitaishvili, 86).
Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok (Rota, 60), Xatsidyakos (Retsos, 105), Mavropanos, Simikas, Bakasetas, Mantalos (Buxalakis, 99), Kurbelis (Siopis, 67), Pelkas (Konstantelias, 61), Masuras, Ioannidis (Yakumakis, 90).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 4:2.
Ogohlantirishlar: Boldok (6), Xatsidyakos (35), Zivzivadze (42), Mavropanos (44), Kverkveliya (50), Konstantelias (90), Rota (90+3).
Chetlatish: Loriya (45+3).

Qayd etib o‘tish joiz, Gruziya o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Terma jamoa turnirning F guruhidan joy oladi. Guruhda Gruziyadan tashqari Turkiya, Portugaliya va Chexiya terma jamoalari joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar