Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng muhim o‘yinchisi ekaniga shubha yo‘q. 28 yoshli futbolchi buni 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turniri guruh bahslarida isbotlab kelmoqda.
Srechko Katanes shogirdlari Eron, Turkmaniston va Gonkong terma jamoalari joy olgan “Ye”guruhida to‘rtta uchrashuvdan 10 ochko to‘plab, muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasi va 2027 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eldor Shomurodov to‘rtta o‘yindan uchtasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va hujumchimiz to‘p kiritgan uchala bahsda terma jamoamiz g‘alabani nishonladi.
Lekin Toshkentda gonkongliklar bilan bo‘lgan oxirgi o‘yin muxlisu mutaxassislarda ozgina xavotir uyg‘otdi. Shomurodov bellashuv davomida yaqinda operatsiya qilingan oyog‘idan zarba yegandi. Eldor “Kalyari” ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi.
Sardiniya klubi tibbiyot xizmati vakillari darrov futbolchini o‘z nazoratiga oldi. Italiya matbuoti vaziyatni kuzatmoqda.
Nihoyat, calciocasteddu.it sayti eksperti Jakomo Dessi “Kalyari” ichidagi holat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni tarqatdi. Asosiy e’tibor Eldor Shomurodovga qaratildi. Chunki legionerimiz klubning so‘nggi ikki o‘yinida asosiy figuralaridan biriga aylanib qolgandi.
- “Kalyari” lazareti ancha bo‘shab qoldi. Hatto terma jamoadan jarohat bilan kelgan Eldor Shomurodov ham safga qaytdi. Oyog‘i biroz shikastlangan futbolchi jamoa bilan birga shug‘ullandi va endi Shomuodov dushanba kuni bo‘ladigan bahsda qatnashish imkoniga ega.
Uchrashuvda qatnashadiganlar qatoriga Yerri Mina ham qo‘shilishga yaqin. U so‘nggi mashg‘ulotni qisman umumiy guruhda o‘tkazdi. Jismoniy holatini kuchaytirib olish uchun yana hali o‘yingacha yetarli darajada vaqti bor.
Jarohatidan qutilgan Luvumbo va Gaetano hafta davomida qattiq shug‘ullandi va yuklamalarni ko‘tarishda muammoga duch kelgani yo‘q.
Hozircha, uzoq muddat davolanishi kerak bo‘lgan Pavoletti, Petanya va Mankosu kabi futbolchilar lazaretda qolmoqda, - deb xabar berdi Jakomo Dessi.
“Kalyari” muxlislari ham Eldor Shomurodov jarohati bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirmoqda.
Maksimilian Rossi:
Yaxshi o‘zgarishlar ko‘paysa, bo‘lajak o‘yinlarda uch ochko olish imkonimiz ham oshadi.
Karalis 52:
Ancha yengil tortdik. Endi “Verona” bilan o‘yinga otlanish kerak.
Sapata:
O‘zbek futbolchisi zo‘r formada, dushanba kuni “Verona”ni yengamiz.
Klod:
Hammamiz jamoani qutqarib qolishga harakat qilishimiz shart.
Andrey:
“Verona” bilan o‘yin uchun Shomurodov juda kerakli figura. Eldor Luvumbodan tashqari hujumda yugurib o‘ynaydigan yagona futbolchi.
Valerio Ansiate:
“Verona” ligada qolish uchun kurashdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib. Shomurodovning yo‘qligi katta muammo tug‘dirardi.
“Kalyari” va “Verona” uchrashuvi 1 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”