Superliganing 4-turidan o‘rin olgan OKMK - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Muhimi o‘yinda o‘zimiz istagan natijaga erishdik. Albatta o‘ziga yarasha qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Yomon harakat qilmadik. Dastlabki daqiqalarda imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. "Bunyodkor" yaxshi jamoa, har doim qiziqarli o‘yin ko‘rsatib keladi. Chetlatishdan keyin ham natija uchun harakat qilishdi. Muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.
- OKMK o‘yinda ustunlikka ega bo‘ldi. Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklar bordek.
- "Bunyodkor" posboni Sarvar Karimov o‘yinda juda yaxshi harakat qildi. 2-3 ta yaqqol golli vaziyatlarni qutqara oldi.
- Butun o‘zbek futbolida vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosiga ko‘zga tashlanayapti. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Nasib qilgani bo‘ladi. Ba’zan yo‘q joydan gollar bo‘ladi. Ba’zida esa yaqqol vaziyatlar golga aylanmay qoladi. Hujumchilar bo‘yicha muammolarimiz bor. Daraxt eksang, hosil berishi kerak.
- OKMK standart vaziyatlardan unumli foydalanib keladi. Bugun jamoangiz bu borada oqsagandek ko‘rindi.
- Aytib o‘tdim, ikkinchi bo‘limda to‘p darvoza ustuniga tegib qoldi. Balki gol bo‘lib ketishi ham mumkin edi. Har bir vaziyat bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishlaymiz.
- Ruben Sanches qo‘ltiqtayoqda yuribdi. Uning jarohati shunchalik jiddiymi?
- U hozir ikkinchi jarohatni orttirib oldi. Futbolda uchrab turadigan holat. Yosh hujumchi Azizbek Xolmurodovga ham tanbeh berdim. Sababi u ham to‘qnashuvdan keyin ozroq oqsab qoldi. Bu futbol, shashka yoki boshqa sport turi emas. Kurashlarga boy o‘yin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”