IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, endilikda O‘zbekistonda ekologik muammolar sababli elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish narxiga imtiyozlar beriladi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik orasida ekologik muammolar keng muhokama qilinmoqda. O‘z navbatida mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil energetikani qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunday chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida aholining yashil energetikada harakatlanuvchi transport vositalari xarid qilishini rag‘batlantirish maqsadida, bunday toifadagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida imtiyoz beriladi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida — 510 ming so‘m to‘lov belgilanmoqda.
Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov belgilanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”