“Andijon” – “Nasaf” (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Burgutlar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.
- Aytishim mumkinki, juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Xissiyotlar, xavfli vaziyatlar o‘yinni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi. Yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasiga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qildik. Ko‘rinib turibdiki, ular tajribali. Umumiy ma’noda aytganda, o‘yindan qoniqdim. G‘alabaga ishtiyoqimiz kuchli edi. Ammo biz o‘ylagan ishlarni barchasi ham o‘xshamadi. Yigitlarga o‘yinni munosib o‘tkazishgani uchun rahmat aytaman.
Birinchi taymni durang bilan tugatdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Biz oldindan qanday o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirib olgandik. Dastlabki 15 daqiqada raqibga imkon bermaslikka harakat qildik. Ko‘rdinglar, birinchi qarshi hujumda darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi va maydonida “yonib” o‘ynadilar. Shu bois ularga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
- G‘alabaga nima yetishmadi?
- Mahorat yetishmadi. Hammamizga yaxshi ma’lumki, “Nasaf” tajribali jamoa hisoblanadi. Ko‘rdingizki, ularning tarkibi ancha shakllangan. Jismonan kuchli futbolchilardan iborat. Shu bois aqlli o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi taymda ham ularning tajribasi bilindi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida esa qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi, tezkor o‘yinchilariga ega. Xudoga shukurki, bir qancha vaziyatlarda yaxshi harakat qildik va darvozabonimiz ham bizni qutqarib qoldi. Natijadan qoniqdim.
- Luka Zgurskiyning holati qanday? U jarohat olgandek tuyuldi...
- U qarshi hujumlarda katta hajmdagi ishni bajardi. Unda imkoniyatlar bo‘ldi. Uch himoyachi o‘rtasida ham yorib chiqishga harakat qildi. Yosh futbolchi bo‘lgani uchun balki imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmagandir. Hozir uning holatini ko‘rib chiqamiz. Bir necha kundan so‘ng bizni poytaxtda navbatdagi o‘yin kutib turibdi. Umid qilamanki, Lukada jiddiy jarohat yo‘q.
- 75-daqiqadan keyin o‘yinchilar charchagandek ko‘rindi...
- Albatta, charchab qoldik. Qarang, biz qanday futbol namoyish etyapmiz. Doimo bog‘lovchi hujumkor futbol ko‘rsatyapmiz. To‘pni o‘z nazoratimizga olib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tadigan o‘yin namoyish qilyapmiz. Ikkinchi bo‘limda ancha tajribali futbolchilarni tushirganimizdan keyin o‘yin sur’ati biz tomonga o‘ta boshladi. Tiklanish biroz qiyin kechyapti. Shuning evaziga ba’zida kuch yetmay qolyapti. Jamoa yangi shakllangan va yosh.
- Samiyev “Lokomotiv” bilan o‘yinda maydonga tushadimi?
- Ha, 5-6 kun vaqt bor. Uni o‘yinga tayyorlaymiz. Albatta, yosh hujumchini tushirishga majbur bo‘ldik. U o‘yin oxirida g‘alaba golini urishi mumkin edi. O‘sha vaziyatda unga tajriba yetishmadi hamda yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi. Katta o‘yinlarda mahorati kamligi bilinib qoldi. O‘ylaymanki, yosh o‘yinchilarimiz tez orada o‘zlarini ko‘rsatishni boshlaydilar. Ularga katta futbolda yana ozgina vaqt kerak.
- “Andijon” O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida qiyin raqiblarga duch keldi. Shu haqida fikringiz?
- Bu biz uchun yaxshi. Bu kabi guruhdan keyingi bosqichga chiqish biz uchun yoqimli bo‘ladi. Boshqa tomondan esa bu bizga yana qo‘shimcha tajriba bo‘ladi. Bor kuchimizni maksimal darajada sarflashga va uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”