
Foto: Championat
“SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi Dmitriy An shogirdining U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etishini xohlayotganini aytib o‘tdi.
“Fayzullayevni Osiyo Kubogida ko‘rishni xohlardim. U yoshlar terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri. Moskva klubi uni tarkibga qo‘shmay to‘g‘ri qilyaptimi-yo‘qmi, buni muhokama qila olmayman.
Abbosbek ushbu klubga tegishli va bu borada qarorni ular qabul qiladi. Lekin uni terma jamoada ko‘rishni xohlagan bo‘lardim.
U Osiyo Kubogining saralash bahslarida ishtirok etdi. Biz u bilan Gongkongga qarshi o‘yin oldidan ko‘rishdik. U tayyor ekanligini bildirdi”, — deydi An. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar