291
Vitaliy Levchenko mag‘lubiyat haqida: "Bu Superligada tur oldidan bashorat qilib bo‘lmasligini bildiradi"
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O‘zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Olimpik" (0:1)ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yuqori tezlikda yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ko‘plab kurashlarni ham ko‘rdik. Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati biz tomonimizda edi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, sizda hudud va nazorat bo‘ladi, ammo raqib qarshi hujumda xavfli bo‘ladi, bugun "Olimpik" shu orqali gol urdi va g‘alabaga erishdi. Birinchi navbatda o‘yinni yutish uchun o‘z vaziyatlaringizdan foydalanishingiz kerak va raqibning tezkor qarshi hujumlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim", — deya so‘z boshladi Levchenko.
— Ikkinchi taymda Diyor Turopovni ko‘rmadik. Buning sababi bormi?
— Jamoaning tayyorgarligi, o‘yin nazorati, mashg‘ulot degan narsalar bor. Futbolchi o‘z jonini bermasa yoki unga maydonda berilgan qandaydir topshiriqni bajarmasa tabiiyki yigirmatalik ro‘yxatga kiritilmaydi.
— Bugun butun Farg‘ona Tantashevdan norozi bo‘ldi. Bu haqda nima deya olasiz?
— Buni izohlay olmayman. Oldin aytganimdek, bu masalalar bo‘yicha boshqa kommitet shug‘ullanadi. Bizning vazifamiz esa o‘ynash.
— Birinchi bo‘limdan so‘ng Jasur Jaloliddinovni almashtirdingiz va jamoaviy o‘yin juda o‘zgardi, bu haqda nima deya olasiz? Ikkinchi savolim, Bilol Toshmirzayev hujumkor yarim himoyachimi yoki hujumchi?
— Bilol universal o‘yinchi. Kerak paytda hujumda ham, o‘rtada ham o‘ynaydi. Bugun ham yaxshi harakat qilgan holda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etdi. Zahiralarga kelsak, terma jamoa o‘yinchilari milliy jamoadan eng yaxshi holatlarda kelishmaydi. Ularga o‘zlariga kelishlari va formaga qaytishlari uchun vaqt kerak.
— Chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf", "Paxtakor", "Navbahor" va mana "Neftchi" ochko yo‘qotishdi...
— Bu chempionatda kurash borligini va tur oldidan bashorat qilib bo‘lmasligini anglatadi. Jamoalarga ochko kerak, barcha g‘alaba qozonishni istaydi va futbol o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”