392
Timur Kapadze: "Fayzullayev, Husanov, Erkinov va Yo‘ldoshevning Osiyo kubogida ishtirok etishi so‘roq ostida"
"Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze O‘zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Neftchi" (1:0)ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Butun jamoani g‘alaba bilan tabriklayman va o‘ylaymanki bunga haqli ravishda erishdik. Yigitlar yaxshi o‘ynashdi va oxirigacha harakat qilishdi. Terma jamoadan kelganimizdan so‘ng ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishga ikki kun vaqtimiz bo‘ldi. Yigitlar esa professional. Umuman olganda, "Neftchi"ga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik, ammo yigitlar o‘yinda va kurashlarda yaxshi o‘ynashdi", — deya so‘z boshladi Kapadze.
— Statistikaga qaraydigan bo‘lsak "Olimpik" hali "Neftchi"ga yutqazmagan: yoki g‘alaba yoki durang qayd etgan. Nima deb o‘ylaysiz, Farg‘ona jamoasi siz uchun qulaymi yoki bunga sabab jamoalarning darajasimi?
— Qulaymi yoki yo‘q, buni aytolmayman. Ammo, chempionatda oson o‘yin yo‘q va barcha bilan uchrashuvlar qiyin o‘tmoqda. Bir ochko uchun ham maydonda kurash kechmoqda. Albatta, statistika biz tomonda. Ular bilan Pro-ligadan boshlab o‘yinlar o‘tkazganmiz va bu Superligada ham davom etmoqda. Umuman yigitlar Superliganing boshqa yetakchilariga qarshi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi. Aytmoqchimanki, faqatgina "Neftchi"ga qarshi bunday ishtiyoq bilan o‘ynamaymiz, boshqalar bilan ham shunday. Albatta, "Neftchi" bu yil, umuman oldingi yillarda ham yetakchilardan biri bo‘lib kelmoqda va ularga qarshi o‘ynash biz va yigitlarga ham katta motivatsiyadir.
— "Olimpik" ikkinchi bo‘limda birinchisiga qaraganda ko‘proq hujumlar uyushtirdi, bu "Neftchi"ga ham tegishli, ammo farg‘onaliklarning hujumlari zarbagacha yetib bormadi. Umuman olganda, "Olimpik" kerakli joyda xarakter ko‘rsata oldi. Shu haqda nima deya olasiz?
— Ilk bo‘limda ikki jamoa ham tetik bo‘lgani uchun unchalik katta bo‘shliqlar bo‘lmadi deb o‘ylayman. Butun o‘yin davomida "Neftchi"ga zarba berish va vaziyat yaratishga imkon bermadik, bu himoyachilarimizning yaxshi o‘ynaganidan dalolat beradi. Yigitlar esa bo‘shliqlardan yaxshi foydalanishdi, ayniqsa ikkinchi bo‘limda. Yigitlarga birinchi bo‘limda raqib himoyachilarini holdan toydirganimiz sabab ikkinchi bo‘limda xato bo‘lishini va uni kutishni aytdim. Ko‘rganingizdek, bu yuz berdi va g‘alabaga erishdik. Biz bundan xursandmiz.
— Yaqinda olimpiya terma jamoasi Qatarga yo‘l oladi va tarkib borasida bir qarorga keldingizmi? Fayzullayev va Husanovning jalb etilishi borasidagi yakuniy muzokaralar qanday kechmoqda?
— Tayyorgarlikni 2 aprelda boshlaymiz va 6 aprelga qadar shu yerda bo‘lamiz. Undan keyin Dubayga bir haftaga yo‘l olamiz va o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz. Shundan so‘ng Dohaga boramiz. Hozircha tayyorgarlikni legionersiz davom ettiramiz. Nafaqat Fayzullayev va Husanov, balki Erkinov va Yo‘ldoshevning ishtiroki ham so‘roq ostida. Bunga sabab FIFA kunlari emasligi va ularda o‘sha paytda tur o‘yinlari bo‘lib o‘tishidir. Hozircha muloqot qilgan holda harakat qilyapmiz, ammo bir nima deyish qiyin. Albatta, ularning kelib jamoamizni kuchaytirishiga umid qilamiz. Sababi bu vatan jamoasi va ularning bari bunga tayyor. Bunday o‘yinchilarga ega bo‘lish har bir murabbiy uchun muhim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”