18:08 / 01.04.2024
228

Bahodir Jalolov “Humo Arena”da xorvatiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Bahodir Jalolov “Humo Arena”da xorvatiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 14 aprel kuni “Humo Arena”da navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Jalolov o‘z instagram sahifasiga quyidagi suratni joylab, “'Humo Arena'da ko‘rishguncha, vatandoshlar” deya izoh qoldirgan.

Foto: Instagram / Bahodir Jalolov
Bahodirga o‘sha kuni xorvatiyalik Smakichi Agron raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17 noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Agron esa 30 sentyabr kuni Jozef Kormanini mag‘lub etgan.

“Humo Arena”da 14 aprel “IBA Chempionlar oqshomi” tashkil etiladi. Turnirning markaziy jangi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi.

Shuningdek, turnirda Iqboljon Xoldarov, Elnur Abduraimov, Ruslan Abdullayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kabi o‘zbekistonlik bokschilar ham o‘z janglarini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov “Humo Arena”da xorvatiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi