Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali sobiq Sovet Ittifoqi huquqidagi kirgan va bugun mustaqil davlatga aylangan mamlakatlarning ayni paytdagi eng qimmat futbolchilarining yangi reytingini tuzib chiqdi.
E’tiborli jihati, kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va gol ura olgan yagona o‘zbek futbolchimiz Eldor Shomurodov anchadan beri O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisi bo‘lib kelgan edi.
Biroq, Transfermarkt portali ekspertlari yangi reytingda birinchi o‘ringa SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayevni qo‘ydi. Aslida har ikki legionerimizning transfer summasi bir xi – 5 million yevroni tashkil qiladi.
Lekin bir paytlar 14 million yevroga baholangan Shomurodovning transfer narxi keyingi yillarda muntazam arzonlab bormoqda.
Abbosbek Fayzullayevda aksincha, bu ko‘rsatkich tez ko‘tarilyapti. O‘tgan yili avgust oyida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi SSKAga o‘tib, Yevropa futboliga kirib kelgan paytda xalqaro portal tomonidan 750 ming yevroga baholangan Abbosbek mavsumning birinchi yarmidagi muvaffaqiyatlari tufayli qimmatlasha boshladi.
20 yoshli hujumkor futbolchimizning narxi 5 oktyabrda yangilangan reytingda 2 million, 13 dekabr kungisida 4 million yevroga ko‘tarildi.
Qatardagi Osiyo kubogida Eldor Shomurodov qatnasha olmadi, biroq uning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilgan va o‘yini ekspertlar e’tirofiga sabab bo‘lgan Fayzullayevning transfer summasiga 21 fevral kuni yana 1 million yevro qo‘shildi.
Transfermarkt portalining yangi reytingida 15 mamlakatning eng qimmatbaho o‘yinchilari quyidagilardan iborat bo‘ldi.
Gruziya: Xvicha Kvaratsxeliya (€ 80 mln, «Napoli»).
Ukraina: Aleksandr Zinchenko (€ 42 mln, «Arsenal» London).
Rossiya: Aleksandr Golovin (€ 30 mln, «Monako»).
Armaniston: Eduard Spersyan (€ 18 mln, «Krasnodar»).
Qozog‘iston: Baxtiyor Zaynutdinov (€ 6 mln, «Beshiktosh»).
Moldova: Oleg Ryabchuk (€ 5 mln, «Spartak» Moskva).
O‘zbekiston: Abbosbek Fayzullayev (€ 5 mln, SSKA Moskva).
Litva: Gvidas Gineytis (€ 2 mln, «Torino»).
Estoniya: Karl Xeyn (€ 2 mln, «Arsenal» London).
Belarus: Ilya Shkurin (€ 2 mln, «Stal»).
Ozarbayjon: Renat Dadashov (€ 2 mln, «Xatayspor»).
Latviya: Raymonds Krollis (€ 1,5 mln, «Vishkov»).
Tojikiston: Rustam Yatimov (€ 1,2 mln, «Istiklol»).
Qirg‘iziston: Guljigit Aliqulov (€ 550 ming, «Neman»).
Turkmaniston: Ruslan Mingazov (€ 450 ming, «Kitchi»).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi