21:46 / 06.04.2024
156

"Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan golga qaramay, OKMKni mag‘lubiyatga uchratdi

"Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan golga qaramay, OKMKni mag‘lubiyatga uchratdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Surxon” — OKMK uchrashuvi 6 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 46-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Sunnatilloh Jamidjonov hisobni ochdi. “Surxon” klubining yana bir a’zosi Asadbek Karimov 56-daqiqada hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu gol uchrashuvning so‘nggi goli sifatida qayd etilib, o‘yin 2:0 hisobida yakunlanishi mumkin edi, ammo OKMK futbolchisi Aziz Xolmurodov qo‘shib berilgan daqiqaning so‘nggisida hisobni qisqartirishga erishdi. Shu tariqa surxondaryoliklar o‘z hisoblariga dastlabki uch ochkoni yozib qo‘ydi.

“Surxon” – OKMK 2:1
Gollar
: 1:0 — Sunnatilloh Hamidjonov (46), 2:0 —Asadbek Karimov (56), 2:1 — Aziz Xolmurodov.
“Surxon”: 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo‘tayev, 10.Dmitriy Pletnyov (99.Komron Saydazimov, 63), 15.Diyor Ramozonov, 17.Jahongir Abdusalomov (14.Sarvar Abduhamidov, 77), 19.Muhammad Ali Abdurahmonov, 66.Bexro‘z Shaydulov, 77.Asadbek Karimov (20.Sardorbek Mahmudov, 63).
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov (11.Murodjon Toshmatov, 73), 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 59), 6.Avazbek O‘lmasaliyev (5.Giorgi Papava, 59), 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 10.Xurshid G‘iyosov, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Arixiro Sentoku, 95.Milan Shkrbich (18.Aziz Xolmurodov, 59).
Ogohlantirish: Asadbek Karimov 58.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" so‘nggi daqiqalarda urilgan golga qaramay, OKMKni mag‘lubiyatga uchratdi