Futbol bo‘yicha Ispaniya kubogi final bahsi 6 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Sevilyadagi maydonda asosiy sovrin uchun kurashda “Atletik” “Malorka”ni mag‘lub etib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga yo‘l olishdi. Penaltilar seriyasida “Atletik” klubi malorkaliklardan ustun kelishdi.
Shu tariqa, Ernesto Valverde shogirdlari 40 yil o‘tib Ispaniya kubogi sohibiga aylanishdi. Jamoa so‘nggi bor bosh sovrinni 1984 yilda qo‘lga kiritgan. Bilbao jamoasi o‘z tarixida 24 marta kubok sohibiga aylanib, bu borada “Barselona”dan keyingi o‘rinda bormoqda. “Real” hisobida ushbu musobaqada 20 ta g‘oliblik bor.
Ispaniya kubogi
Final bahsi
6 aprel, shanba
“Atletik” – “Malorka” 1:1, Penaltilar seriyasi — 4:2
Gollar: 0:1 – Dani Rodriges (21), 1:1 – Sanset (50).
“Atletik”: Agirresabala, De Markos, Vivian, Paredes, Berchiche (Lekue, 105), Prados (Vesga, 46), Ruis de Galarreta (Gomes, 80), Sanset (Muniain, 90), Uilyams, Uilyams (Berenger, 90), Guruseta (Raul Garsiya, 90).
“Malorka”: Greyf, Gonsales, Railo, Valent (Maffeo, 90), Kopete (Nastasich, 105), Toni Lato (van der Xeyden, 110), Dani Rodriges (Radonich, 74), Darder (Morlanes, 62), Samu Koshta, Larin (Sanches, 62), Muriki. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi