18:54 / 07.04.2024
284

SSKA Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Fakel”ni yirik hisobda yengdi (video)

SSKA Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Fakel”ni yirik hisobda yengdi (video)
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 23-turida “SSKA” o‘z maydonida “Fakel”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Musayev hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim moskvaliklarning kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda Oblyakov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 75-daqiqada esa o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ajoyib zarba bilan “SSKA”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Shundan so‘ng jamoalar yana bir martadan darvozalarni ishg‘ol qildi va yakuniy hisob 4:1 ko‘rinishiga keldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Moskva klubi ochkolari sonini 36 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

“SSKA” – “Fakel” 4:1
Gollar
: 1:0 – 36 Musayev, 2:0 – 60 Oblyakov, 3:0 – 75 Abbosbek Fayzullayev, 4:0 – 90 Chalov, 4:1 – 90+4 Cherov.
“SSKA”: Akinfeyev, Gayich, Moyzes, Diveyev, Villian Rosha, Agapov (Xelven, 79), Zdelar, Oblyakov (Glebov, 89), Abbosbek Fayzullayev (Mendes, 85), Davila (Chalov, 79), Musayev (Zabolotniy, 79).
“Fakel”: Belenov, Cherov, Yurganov, Senxaji, Masternoy (Kalinin, 46), Magal (Bagateliya, 75), Alshin (Mospan, 66), Kvekveskiri, Bagamayev (Sele, 46), Markov (Akbashev, 46), Appayev.
Ogohlantirishlar: Gayich (53), Villian Rosha (73).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Fakel”ni yirik hisobda yengdi (video)