10:00 / 08.04.2024
734

Raneri o‘yinda burilish yasagan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Raneri o‘yinda burilish yasagan Shomurodov haqida nimalar dedi?
Italiya A Seriyasining 31-turi Sardiniya aholisini xursand qildi. Yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga urinayotgan “Atalanta”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kuchl raqib – “Atalanta”ning katta ustunligini Eldor Shomurodov yo‘qqa chiqardi. Legionerimiz birinchi bo‘lim oxiralarida raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, Tommazo Aujelloga superpas oshirdi. Hisobni tenglashtirib olgan “Kalyari” futbolchilari ustunlikni to‘liq o‘z tomoniga og‘dirib, mag‘lubiyatni 2:1 hisobidagi g‘alabaga aylantirdi.

“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘yin borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

G‘alabaning ahamiyati haqida

Muhim uch ochko qo‘lga kiritildi. Birinchi davrada 15 ochko jamg‘argandik. Hozir ham hali chempionat yakunlanmay turib, yana shuncha ochko to‘pladik. Yigitlar ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Buyuk jamoani yengdik. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Xuddi mana shunday kurashishimiz kerak.

Jamoa haqida

Ajoyib o‘yinchilardan tarkib topgan jamoam bor. Ular bir biriga yordam beradi, oxirigacha kurashadi, ishiga sodiq. Jamoada gol uchun yaxshi pas oshiradigan o‘yinchilar bor. Endi “Inter” bilan bo‘ladigan o‘yin haqida bosh qotiramiz.

Kurashish haqida

Men yigitlardan har doim oxirigacha kurashishni talab qilaman. Oddiy vaziyatlar natijani u yoki bu tomonga hal qiladi. Bugungi g‘alaba – futbolchilarning kuchli irodasi va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.

Shomurodov haqida

Eldor Shomurodov yana bir bor zo‘r o‘ynadi. Lapadula mashg‘ulotlarda ko‘ngildagidek harakat qila olmadi va shuning uchun uni bu gal maydonga tushirmadim. Menga bir biriga yordam beradigan o‘yinchilar kerak. Shomurodov chaqqon, tez yugura oladigan futbolchi. Bugun shogirdlarimning barchasiga balli!

Maqsad haqida

Biz xavfli hududdan chiqib keta oldik. Bu o‘zimizga bog‘liq ekanini shogirdlarimga aytgan edim. Biz mamnunmiz, jamoami zo‘r, chunki hech kim kurashdan qochmaydi. Lekin boshqa jamoalar ham kurash olib borayotganini yaxshi bilamiz. Hali kurash oldinda, raqobat to‘xtagani yo‘q.

“Kalyari” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 14 aprel kuni A Seriya peshqadami “INter”ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raneri o‘yinda burilish yasagan Shomurodov haqida nimalar dedi?